Rossiya va Turkiya harbiylarining qo‘shma harbiy patrul harakati ijro etildi

“Turkiya-Rossiya o'rtasida 5 martda Moskvada imzolangan kelishuv doirasida M4 trassasida to'rtinchi qo‘shma Turkiya-Rossiya quruqlik patruli muvaffaqiyatli tugallandi”,-deyiladi ma'lumotda.

1398829
Rossiya va Turkiya harbiylarining qo‘shma harbiy patrul harakati ijro etildi

 

Suriyaning Idlib viloyatida M4 strategik avtomagistrali bo‘ylab Rossiya va Turkiya harbiylarining to'rtinchi qo‘shma harbiy patrul harakati ijro etildi.

Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligining tvitterdagi sahifasida ma'lum qilindi.

“Turkiya-Rossiya o'rtasida 5 martda Moskvada imzolangan kelishuv doirasida M4 trassasida to'rtinchi qo‘shma Turkiya-Rossiya quruqlik patruli muvaffaqiyatli tugallandi”,-deyiladi ma'lumotda.

Turkiya Milliy mudofaa vazirligining tvitterdagi sahifasida ushbu qo'shma patrul harakati tasvirlariga ham o'rin berildi.

Tasvirlarda harbiylarning koronavirusga qarshi chora tadbirlar doirasida steril niqob va tibbiy qo'lqop kabi himoyalovchi tibbiy ashyolardan foydalanganligi kuzatiladi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar