Turkiya Bolqon davlatlariga gumanitar yordam yubordi

Gumanitar yordamlar Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning tashabbusiga binoan amalga oshirildi.

1393621
Turkiya Bolqon davlatlariga gumanitar yordam yubordi

 

 

Turkiya Bolqon davlatlariga tibbiy gumanitar yordam yubordi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning topshirig’iga binoan, Shimoliy Makedoniya, Chernogoriya, Serbiya, Bosniya-Gersegovina va Kosovaga koronavirus epidemiyasini bartaraf etishga ko’maklashish maqsadida tibbiy mahsulotlardan iborat insonparvarlik yordami yuborildi.

Gumanitar yordam mahsulotlari tarkibida infektsiyadan himoyalovchi bir martalik steril tibbiy niqoblar, himoyalovchi kombinezonlar, yuz uchun filtrlovchi niqoblar va boshqa ko'plab tibbiy preparatlar o'rin olgan.

Ushbu tibbiy mahsulotlar ortilgan A400M harbiy yuk samolyoti poytaxt Anqaradagi Etimesgut harbiy aeroportidan parvoz qildi.

Gumanitar yordamlar Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning tashabbusiga binoan amalga oshirildi.

Tibbiy mahsulotlarga to’la qutilar ustiga turkcha va Bolqon tillarida  Mavlononing “Chorasizlik ortida ko’plab umidlar bor. Qorong’ulik ortida yorug’lik bor” degan ifodalar yozilgan.

Yuk samolyoti dastlab Serbiyaga qo’nadi.  So’ngra navbatdagi davlatlarga parvoz qiladi.

Turkiya o’tgan hafta Italiya va Ispaniyaga ham tibbiy gumanitar yordam yuborgandi.



Aloqador xabarlar