Turkiya TIV rahbari xorij davlatlarda yashayotgan vatandoshlarga murojaat qildi

“Turkiyadagi vatandoshlarimiz kabi sizlar ham biz uchun qadrlisiz. Iltimos ushbu sinovli kunlarda uydan chiqmaslikka harakat qiling!”,-deydi Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li.

1387049
Turkiya TIV rahbari xorij davlatlarda yashayotgan vatandoshlarga murojaat qildi

 

 

Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li xorij mamlakatlarda yashayotgan Turkiya fuqarolarini koronavirusga qarshi ogohlantirdi.

Ularni davlatlar tomonidan olingan barcha chora-tadbirlarga qat’iyan amal qilishga, uylaridan tashqariga chiqmaslikka chaqirdi.

“Biz uchun qadrlisizlar! Go’zal vatanimizda takror sizlar bilan uchrashish va vatan sog’inchini tindirish uchun uydan chiqmang!”,-deb yozdi Turkiya TIV rahbari o’zining tvitterdagi sahifasida. Shuningdek, ushbu so’zlarni “Hayot uyga sig’adi”, “Uydan chiqmang!”, “Birgalikda yengamiz” heshtegi bilan e’lon qildi.

“Turkiyadagi vatandoshlarimiz kabi sizlar ham biz uchun qadrli va muhimsiz. İltimos ushbu sinovli kunlarda uydan chiqmaslikka harakat qiling!”,-deb qo’shimcha qiladi Mavlud Chavushog’li.

Chavushog’li video tasvirda esa:  “Elchixonalarimiz, konsulliklarimiz va o’sha davlatlarning hukumatlari tomonidan berilgan ko’rsatmalarga qat’iyan amal qiling! Ushbu mashaqqatli kunlarda xorij davlatlardagi Turkiya elchixonalarini o’z uyingiz deb biling! Agar biron yordam kerak bo’lsa, marhamat qilib, elchixonalarimizga va Ankarada uzluksiz xizmat berayotgan aloqa markazlarimizga bog’laning! Sizlarga ona vatanimizdan alangali salom va chuqur hurmatimni izxor etmoqchiman. Allohga omonatsiz!”,-deya samimiy tuyg’ularini tilga oldi.

 

 

 



Aloqador xabarlar