Bitlisda PKKga a’zo uch terrorist yo‘q qilindi

Turkiyaning Bitlis viloyatida PKK terror tashkilotiga a’zo uch terrorist yo‘q qilindi.

1383856
Bitlisda PKKga a’zo uch terrorist yo‘q qilindi

Xavfsizlik kuchlari tomonidan Turkiyaning Bitlis viloyati chetida yo‘lga qo‘yilgan va havodan qo‘llab - quvvatlangan amaliyotda PKK terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist yo‘q qilindi.

Ichki Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra ichki xavfsizlik doirasida Bitlisda viloyat jandarmeriya qo‘mondonligiga qarashli mahsus topshiriqli jandarmeriya guruhi tomonidan amalga oshirilgan va havodan qo‘llab - quvvatlangan amaliyotda, terakt uyushtirish uchun tayyorlargarlik ko‘rayotgan 3 terrorist qurol - yaroqlari bilan birga yo‘q qilindi.

Bayonotda mintaqadagi amaliyotlarning davom etganligi ham qayd etildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Bitlis , #PKK terror tashkiloti

Aloqador xabarlar