Prezident Erdo‘g‘an, Navro‘z bayrami munosabati bilan turk xalqiga tabrik so‘zi yo‘lladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an umumxalq bayrami Navro‘z munosabati bilan turk xalqiga tabrik so‘zi yo‘lladi.

1382424
Prezident Erdo‘g‘an, Navro‘z bayrami munosabati bilan turk xalqiga tabrik so‘zi yo‘lladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an umumxalq bayrami munosabati bilan turk xalqiga tabrik so‘zi yo‘lladi.

Unda xalqni yangi boshlang‘ich, umid, qardoshlik va birdamlikning ramziga aylangan Navro‘z bayrami bilan tabriklagan Prezident Erdo‘g‘an

“Qadimiy madaniyatimiz tinchlik, bag‘rikenglik, sevgi – muhabbat va qardoshlik kabi xalqaro qadriyatlar hukm surgan tuproqlarda yuksalar ekan ota – bobolarimiz bizlarga bo‘linishlarga, yakkalashlarga yo‘l qo‘ymagan birlik va birdamlik asosidagi ajoyib buyuk odatlarni meros qoldirgandir” dedi.

Har doim haq – huquq va tinchlikni qo‘llab – quvvatlagan aziz xalqining 2023 – yilgi maqsadlari tomon ham qardoshlik va birdamlik ichida qadam tashlashini, kelajakni tinchlik va farovonlik ichida insho etishga hissa qo‘shishini eslatib o‘tgan Erdo‘g‘an tabrik so‘zini,

“Bugun Markaziy Osiyodan Bolqonlargacha bo‘lgan keng tuproqda xursandchilik bilan nishonlangan, bahorning suyunchisi, Navro‘zning, biz ega bo‘lgan qadriyatlarning, boyliklarning yodga olinishiga, himoya qilinishi va avloddan avlodga yetkazib berilishiga yo‘l ochishini tilab qolaman. Mo‘lchilikning bayrami bo‘lgan Navro‘zning aziz xalqimiz uchun yaxshilik olib kelishini tilab qolaman” deb yakunladi.  

 

 

 



Aloqador xabarlar