Germaniyadan 108 nafar turk koronavirus tufayli Turkiyaga olib kelindi

Mahalliy vaqt bilan soat 10:05da Munihdan parvoz qilgan samolyot Turkiya vaqti bilan soat 14:20da Istanbul Xalqaro aeroportiga qo'ndi. Samolyot bortida bo'lgan 108 yo’lovchi Istanbulda karantinga olindi.

1379824
Germaniyadan 108 nafar turk koronavirus tufayli Turkiyaga olib kelindi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning topshirig‘iga muvofiq koronavirusning oldini olish chora-tadbirlari doirasida virus tarqalgan davlatlardagi Turkiya fuqarolari mamlakatga olib kelinmoqda.

“Turk Havo yo’llari” milliy aviakompaniyasi 34 aviareysda 3614 fuqaroni Turkiyaga olib keladi. Ulardan 108 nafari Germaniyaning Munih shahridan Istanbulga tomon parvoz qildi.

Mahalliy vaqt bilan soat 10:05da Munihdan parvoz qilgan samolyot Turkiya vaqti bilan soat 14:20da Istanbul Xalqaro aeroportiga qo'ndi. Samolyot bortida jami 108 yo’lovchi bor. Ular Istanbulda karantinga olinadi.

Aeroportda samolyotning qo'nishi uchun maxsus liniya tashkil etildi.

Yo‘lovchilar maxsus kiyim-boshlar bilan himoyalangan tibbiyot sohasi mutaxassislari tomonidan birma-bir dezinfeksiya qilinib keyin samolyotdan chiqarilgan va ular avtobuslarda tibbiy nazorat karantinida saqlash uchun tayyorlab qo‘yilgan muassasalarga jo‘natiladi.

Yevropadan Turkiyaga qaytmoqchi bo’lgan va Turkiya tashqi ishlar vazirligiga ismini bildirgan fuqarolar Hamburg, Dusseldorf, Stutgart, Frankfurt, Nornberg, Koln va Berlindagi aeroportlardan Turkiyaga parvoz qiladi.

Ushbu shaharlardagi aeroportlarda Turkiya konsullik xodimlari ish olib bormoqda. Ular Turkiya fuqarolarining savollariga javob berish va ularga ko’mak berishga tayyor vaziyatda.

Yo’lovchilar Istanbul va Kojaelidagi maxsus yotoqxonalarda karantinga olinadi.

Britaniyadan parvoz qilgan Pegasus Havo yo'llari aviakompaniyasiga oid samolyot Sabiha Go'kchen aeroportiga qo'ndi.

Unda koronavirus tufayli aviaqatnovlar to'xtatilishi sababli Turkiyaga qaytmoqchi bo'lgan vatandoshlar olib kelindi.

Yo‘lovchilar aeroportda maxsus kiyim-boshlar bilan himoyalangan tibbiyot sohasi mutaxassislari tomonidan birma-bir dezinfeksiya qilindi.

Ular 14 kunlik karantinga olindi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Germaniya , #koronavirus , #Turkiya

Aloqador xabarlar