Turkiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 18 kishiga yetdi

Bu haqda Turkiya sog'liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko'ja ma'lum qildi.

1378621
Turkiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 18 kishiga yetdi

 

Turkiyada yangi turdagi (Kovid-19) koronavirus bilan kasallanganlar soni 18 kishiga yetdi.

Bu haqda Turkiya sog'liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko'ja ma'lum qildi.

"Turkiyada yana 12 kishida koronavirus bilan bog'liq holat aniqlandi. Yevropadan kelgan 7 kishida, AQShdan kelgan 3 kishida koronavirus aniqlandi. Hozirda koronavirus aniqlangan kishi soni 18 nafarga yetdi",-deb ma'lum qiladi Turkiya sog'liqni saqlash vaziri.

Shuningdek, Germaniya, Ispaniya, Norvegiya, Fransiya, Avstriya, Daniya, Shvetsiya, Belgiya va Niderlandiyadan Istanbulga kelayotgan Turkiya fuqarolari 14 kunlik karantinga olinadi.

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Turkiya

Aloqador xabarlar