Turkiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 6 kishiga yetdi

“So’ngi bir hafta ichida umra ziyoratini ado etib, Saudiya Arabistonidan qaytgan bir vatandoshimizda yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi”,-deb ma’lum qiladi Turkiya sog’liqni saqlash vaziri.

1378398
Turkiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 6 kishiga yetdi

 

Turkiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 6 kishiga yetdi.

Bu haqda Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja ma’lum qildi.

“So’ngi bir hafta ichida umra ziyoratini ado etib, Saudiya Arabistonidan qaytgan bir vatandoshimizda yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi”,-deb ma’lum qiladi Turkiya sog’liqni saqlash vaziri.

Vazir tvitter orqali umra ziyoratidan qaytgan fuqarolarni 14 kunlik karantinga amal qilishi qat’iyan shart ekanligini ma’lum qildi.

“Saudiya Arabistonidan Turkiyaga qaytgan bir vatandoshimizda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Yaqin atrofidagilarga tarqalishidan xavotirdamiz. Iltimos uyingizga mehmon qabul qilmang! Hozirda epidemiologik surishtiruv hamda kasallik tarqalishini oldini olish uchun profilaktik chora-tadbirlar to‘liq amalga oshirilmoqda. Bemorning oila a'zolari va safardan qaytganidan keyin u bilan aloqada bo‘lgan yaqinlari karantinga olingan”,-dedi Turkiya sog’liqni saqlash vaziri tvitterda.

Ma’lumotga ko’ra, umra ziyoratidan qaytgan barcha fuqarolar Anqara va Koniya shaharlaridagi maxsus markazlarda karantinga olindi.

“Umradan qaytgan vatandoshlarimiz qattiq tibbiy tekshiruvdan o’tkazildi va tashkil etilgan maxsus markazlarda karantinga olindi. Sog’liqni saqlash vazirligimizning ko’rsatma va tavsiyalariga qat’iyan amal qilishimiz shart! Koronavirusga qarshi kurashda vahimaga o’rin yo’q. Sokinlik bilan chora-tadbirlarni qo’llash zarur. Bu barchamizning mushtarak mas’uliyatimizdir”,-deb aytgan Turkiya prezidenti matbuot xizmati kotibi Ibrohim Kalin.

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Turkiya

Aloqador xabarlar