Turkiya bilan Rossiya Idlib masalasidagi kelishuviga har doim amal qilinishini xohlaydi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan telefon orqali muloqat qildi.

1375959

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra ushbu muloqat chog‘ida Hulusiy Akar bilan Sergey Shoygu, Idlibdagi o‘q uzishni to‘xtatish kelishuviga har doim amal qilinishi, bu orqali oqqan qonni to‘xtatib, o‘z uy-joyini tark etishga majbur bo‘lgan bir milliondan ortiq (ularning 81 foizi ayollar va yosh bolalardan iborat) gunohsiz insonning o‘z yurtiga qaytishlari uchun sharoit yaratilishi maqsadida fikr almashgan.

Unda shuningdek, o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvining umr bot davom etishi va bu maqsadda mintaqada tinchlik va barqarorlikning o‘rnatilishi uchun faoliyatlarning davom ettirilishi haqidagi qarorlilik ta’kidlangan.

Tanlangan kalimalar: #Hulusiy Akar , #Sergey Shoygu , #Idlib

Aloqador xabarlar