O’t ochish uchun berilgan va'daga rioya qilmasa,yanada qattiqroq javob beriladi.

Prezident Rejep Tayyip Erdog'an, agar rejim Suriyaning İdlib mintaqasida o’t ochish uchun  bergan va'dasiga rioya qilmasa, ularga  qarshi  yanada qattiqroq javob berishlarini aytdi.

1376296
O’t ochish uchun berilgan va'daga rioya qilmasa,yanada qattiqroq javob beriladi.

Prezident Rejep Tayyip Erdog'an, agar rejim Suriyaning İdlib mintaqasida o’t ochish uchun  bergan va'dasiga rioya qilmasa, ularga  qarshi  yanada qattiqroq javob berishlarini aytdi.

Erdog'an, Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbari Erdo’g’an  partiyasining Turkiya buyuk millat majlisida  qilgan ma’ruzasida, Turkiya  bir oy davomida  yuritgan operatsiyalar  va boshlatgan Bahor qalqoni operatsiyasi chegaramiz yetib kelgan tahdidlarning oldini olishda qarorli ekanini  qat’iyat  bilan bildirdi.

Prezident Erdo’g’an Idlibda sulhdan keyin xalq uzoq tanaffusdan so’ng birinchi marta nafas olayotganini bildirdi.

Rejim va u bilan ishlayotgan  mazhabiy militsioner o't ochishni to'xtatish rejimiga qancha bog'liq bo'lishlari noma'lumligini tushuntirgan Erdo’g’an,

"Hozirgi paytda ham, sulhni ozgina ham bo’lsa buzish holatlari kuzatilmoqda . Biz Rossiya bilan erishgan kelishuvga muvofiq bu o'zgarishlarni baham ko'rmoqdamiz va choralar ko'rilishini kutmoqdamiz." dedi.

Erdog'an Suriyadagi turk kuzatuv punktlariga qilinadigan  eng kichik hujumga javob bermaslik bilan qolmaymiz   balki jiddiyroq javob berishlarini  ta'kidlab  quyidagicha davom etdi:

"Biz rejim va uni qo'llab-quvvatlayotgan janggarilarni sulh chizig'ig’iga yig’ilishlarini  diqqat bilan kuzatib boramiz. Agar qarshi  tomon ham xuddi shunday sezgirlikni namoyon etsa, biz doimo bergan va'damizga sodiq qolamiz deb qayd etdi.

911-kilometrlik chegaraning  har qarishini ham terror tashkilotlari  hamda mazhabiy rejim kuchlarini uzoq tutadigan shaklda  xavfsizlikka olishda qarorli ekanlarini aytgan Prezident, Turkiyaning vaqtinchalik sulh va tegishli shartnomalarni  rejim yoki terror tashkilotiga kuchi etmagani uchun emas, Idlibdagi inqirozni barcha tomonlar uchun oqilona, ​​amalga oshiriladigan va barqaror yechim topish uchun qilganini aytdi.

Erdog'an, shuningdek, Suriya rejimi va uning tarafdorlari birinchi  o’rinda bo'lib mamlakatning uchdan bir qismini  bo’lginchi  terror tashkiloti ishg'olidan qutqarishga chaqirdi va İdlib va ​​boshqa mintaqalardagi muammolarni hal qilish ancha oson bo'lishini aytdi.

Erdog'an, xalqaro hamjamiyatni yana ko’proq sa’y- harakat qilishga  va Turkiyaning sa'y-harakatlarini  ham qo'llab-quvvatlashga taklif qildi.

 

 

 

 

 

 

 





 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar