Turkiya prezidenti Erdo’g’an Moskvada...

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Kreml saroyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan kutib olindi.

1372726
Turkiya prezidenti Erdo’g’an Moskvada...

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Moskvaga yetib bordi.

Erdo’g’an Kreml saroyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan kutib olindi.

Poytaxt Moskvada ayni vaqtda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an o‘rtasida muzokara bo'lib o'tmoqda.

Ma'lumotga ko'ra, Prezidentlar o’zaro tor doiradagi uchrashuvni boshlashdan oldin matbuotga qisqacha brifing berdi.

Rossiya prezidenti Putin Suriyada turk harbiylarining halok bo‘lgani munosabati bilan ta'ziya bildirdi va Idlibdagi vaziyat bevosita muloqotni talab qilishini aytdi.

Erdo’g’an esa, hozirda butun dunyoning nigohi mazkur uchrashuvga qaratilganligini bildirdi.

Brifingdan so’ng, ikki yetakchi o’zaro va hay’atlararo muzokaralarni boshladi.

Prezidentlar Turkiya-Rossiya munosabatlari bilan bir qatorda, mintaqaviy hamkorlik hamda xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan Suriyadagi vaziyat yuzasidan fikr almashadilar.

Moskvaga Turkiya prezidenti bilan birga Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li, Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Hazina va moliya vaziri Berat Albayrak, Milliy razvedka tashkiloti rahbari Hakan Fidan, Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahriddin Altun, Turkiya prezidenti matbuot xizmati kotibi Ibrohim Kalin, Adolat va taraqqiyot partiyasi kotibi Umar Chelik va o’rinbosari Mahir Unal ham kelgan.

 

 

 



Aloqador xabarlar