Idlibda 1 askar rejim kuchlari tomonidan shahid qilindi

Suriyaning Idlib mintaqasida 1 askar rejim kuchlari tomonidan shahid qilindi.

1371426
Idlibda 1 askar rejim kuchlari tomonidan shahid qilindi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar Suriyaning Idlib mintaqasida xizmat qilgan askarlardan birining shahid bo‘lganini ma’lum qildi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda,

“Bahor qalqoni amaliyoti yuritilgan hududdagi unsurlarimizga qarshi rejim kuchlari tomonidan uzilgan o‘q natijasida qahramon askarlarimizdan biri shahid bo‘ldi, qahramon 9 askarimiz esa tan jarohati oldi. Mintaqadagi turli manbaalardan olingan ma’lumotga ko‘ra o‘qqa tutilgan rejim obyektlarida 9 ta tank, 2 ta gaubitsa, 6 ta ko‘p stvolli raketa uchiruvchi qurilma va 2 ta harbiy transport vayron qilinib, 299 rejim askari yo‘q qilindi” degan ifodalarga o'rin berdi.


Tanlangan kalimalar: #shahid , #Idlib

Aloqador xabarlar