AQSh delegatsiyasi bugun Turkiyaga tashrif buyuradi

AQShning BMTdagi doimiy vakili Kelly Kraft bilan AQShning Suriya bo'yicha maslahatchisi Jeyms Jeffrey Turkiyaga tashrif buyuradi.

1370297
AQSh delegatsiyasi bugun Turkiyaga tashrif buyuradi

 

AQShning BMTdagi doimiy vakili Kelly Kraft bilan AQShning Suriya bo'yicha maslahatchisi Jeyms Jeffrey Turkiyaga tashrif buyuradi.

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotga ko'ra,  Kelly Kraft va  Jeyms Jeffrey boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi bugun oqshom Anqaraga tashrif buyuradi. Delegatsiya Turkiya hukumati rasmiylari bilan Suriyadagi vaziyat bo'yicha muzokara olib boradi.

Shuningdek, AQSh delegatsiyasi Turkiyada BMT va nodavlat tashkilotlari yetakchilari bilan ham uchrashishi kutilmoqda.

Uchrashuv va muzokaralarda Suriyada Bashar Asad kuchlarining hujumlari natijasida yuzaga kelgan gumanitar inqiroz va unga barham berish yo'llari qidiriladi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #delegatsiya , #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar