Turkiya bilan Ozarbayjon o’zaro savdo hajmini 15 milliard AQSh dollariga yetkazmoqchi

Turkiya - Ozarbayjon Oliy darajali strategik hamkorlik kengashining sakkizinchi yig‘ilishi Ozarbayjon poytaxti Bokuda Prezident Erdo‘g‘an bilan Prezident Ilhom Aliyevning ishtirokida boshladi.

1366282
Turkiya bilan Ozarbayjon o’zaro savdo hajmini 15 milliard AQSh dollariga yetkazmoqchi
erdoğan azerbaycan.jpg
aliyev.jpg

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Turkiya - Ozarbayjon o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmining qariyb 4.5 milliard AQSh dollari ekanligini eslatib o‘tgan holda,

“Endilikda maqsadimiz savdo hajmini avval belgilab olganimizdek 15 milliard AQSh dollariga yetkazishdir” dedi.

Turkiya - Ozarbayjon Oliy darajali strategik hamkorlik kengashining sakkizinchi yig‘ilishi Ozarbayjon poytaxti Bokuda Prezident Erdo‘g‘an bilan Prezident Ilhom Aliyevning ishtirokida boshladi.

Ushbu yig‘ilish oldidan bayonotlar bergan Erdo‘g‘an,

“Bundan keyingi rejamiz qariyb 4.5 milliard AQSh dollarini tashkil etgan savdo hajmini avval belgilab olganimizdek 15 milliard AQSh dollariga yetkazishdir. Bu borada qardoshim (Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev) bilan kelishib oldik. Buning uchun tegishli vazirlarimiz o‘z g‘ayratini o‘rtaga qo‘yishi darkor” dedi.

Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarning do‘stilik va qardoshlik asosida tashkil topganini ifoda etgan Aliyev esa, yig‘ilishning Turkiya – Ozarbayjon munosabatlarining kelajagi jihatidan muhim ekanligini ta’kidlagan holda, qo‘l qo‘yiladigan shartnomalarning munosabatlar kuchiga-kuch qo‘shishiga ishonchi komil ekanligini qayd etdi.  

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ozarbayjon , #savdo hajmi

Aloqador xabarlar