Turk va rus hay'atining Idlib masalasi ustidan uyushtirgan uchrashuvi o'z nihoyasiga yetdi

Turk va rus hay'atining Idlib masalasi ustidan Rossiya poyaxti Moskvada uyushtirgan uchrashuvi o'z nihoyasiga yetdi

1361984
Turk va rus hay'atining Idlib masalasi ustidan uyushtirgan uchrashuvi o'z nihoyasiga yetdi

Turk va rus hay’atining Suriyaning Idlib viloyatidagi taranglikni kamaytirish hududidagi oxirgi vaziyatni qo’lga olish maqsadida kecha Rossiya poytaxti Moskvada boshlagan uchrashuvlari bugun o’z nihoyasiga yetdi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi binosida mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da, matbuotga yopiq ravishda boshlagan bugungi uchrashuv qariyb 2 soat davom etdi.

Turk hay’atiga Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Sedat O’nal, rus hay’atiga esa Rossiya Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Sergey Vershinin va Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Suriya masalalari bo’yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentyev raislik qildi.

Diplomatlar, harbiy yetakchilar va razvedka tashkiloti boshliqlari ishtirok etgan yig’ilish ortidan turk hay’ati Moskvadan Anqaraga qarab yo’l oldi.

Uchrashuvlar yakunida hech qanday rasmiy bayonotlar berilmadi.

Aytib o'tish joizki turk va rus hay’ati Idlibdagi oxirgi vaziyatni kecha ham qo’lga olgandi.

Diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra kechagi uchrashuvda turk hay’ati mintaqadagi taranglikning jadal ravishda kamaytirilishi va insonlar ahvolining bundan ham yomonlashmasligining oldining olinishi kerakligini ta’kidlagandi.

Kecha shuningdek, Idlibda Sochi kelishuviga butunlay amal qilinishi va paymollarga yo'l qo'ymaslik uchun kerakli choralarning ko’rilishi masalalari muhokama qilingandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Moskva , #Idlib

Aloqador xabarlar