Albaniya bosh vaziri Edi Rama Turkiyaga minnatdorlik bildirdi

Albaniyada 26 noyabr kuni sodir bo'lgan dahshatli zilziladan so'ng Turkiya birinchilardan bo’lib yordam qo’lini uzatgandi.

1361350
Albaniya bosh vaziri Edi Rama Turkiyaga minnatdorlik bildirdi

 

 

Albaniya bosh vaziri Edi Rama 26 noyabrda sodir bo’lgan kuchli zilziladan so’ng birinchilardan bo’lib yordam qo’lini uzatgan Turkiyaga minnatdorlik bildirdi.

Edi Rama Belgiya poytaxti Brusselda Albaniyadagi zilzila talofatlari va ularni bartaraf etishga bag’ishlangan Xalqaro yordamsevarlik konferensiyasi doirasida matbuotga brifing berdi.

Yevropa Ittifoqi, BAA, Italiya va ayniqsa Turkiyaga ko’rsatgan yordamlari uchun minnatdorlik bildirgan Edi Rama, konferensiyadan so’ng to’plangan qariyb 1,15 mlrd evro yordam pulini “jozibali” deb baholadi.

“Shu yerda guvohi bo’lib turgan yordamsevarlik o’ta quvonarli holat”,-deb aytgan Albaniya bosh vaziri.

Eslatish joizki, Albaniyada 26 noyabr kuni dahshatli zilzila ro’y berdi. Zilzila oqibatida 51 kishi halok bo’ldi, qariyb 3000 dan ortiq kishi jarohatlandi. Ko’plab binolar vayron bo’ldi.

 


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Edi Rama , #Turkiya , #Albaniya

Aloqador xabarlar