Turkiya va AQSh o’zaro savdo hajmini 100 mlrd dollarga chiqarmoqchi...

Ma’lumotga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va AQSh prezidenti Donald Tramp telefon orqali o’zaro muloqot o’tkazdi.

1360206
Turkiya va AQSh o’zaro savdo hajmini 100 mlrd dollarga chiqarmoqchi...

 

Turkiya va Amerika Qo’shma Shtatlari o’zaro savdo hajmini 100 mlrd dollarga chiqarish uchun amalga oshirilgan muzokaralarni qayta yo’lga qo’yish xususida kelishib oldi.

Bu haqda Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va AQSh prezidenti Donald Tramp telefon orqali o’zaro muloqot o’tkazdi.

Ikki yetakchi muloqot chog’ida Turkiya-AQSh o’rtasidagi o’zaro masalalar, shuningdek mintaqaviy va xalqaro dolzarb mavzularni muhokama qildi.

Ayni vaqtda Suriyada Bashar Asad rejimi hujumlarini to’xtatish, Idlibda gumanitar fojiani darhol oldini olish xususida fikr almashildi.

Bundan tashqari, Turkiyaga dengiz orqali qo’shni davlat hisoblangan Liviyada tinchlik va barqarorlik o’rnatishning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #savdo hajmi , #Turkiya , #AQSh

Aloqador xabarlar