Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay Idlibda turk askariga sodir etilgan hujumni qoraladi

"Turkiya qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarini nishonga olgan rejim kuchlariga darhol keskin javob choralari ko'rildi. Armiyamiz mintaqada o'z o'rnini saqlab qoladi va huquqni oyoq osti qilganlarga zarba berishni davom ettiradi",-dedi Fuat O'ktay.

1356705
Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay Idlibda turk askariga sodir etilgan hujumni qoraladi

 

Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktayning ta'kidlashicha, Turkiya armiyasi Suriyada o'z o'rnini saqlab qoladi va xalqaro huquqni oyoq osti qiluvchilarga keskin javob berishni davom ettiradi.

Fuat O'ktay tvitter orqali Idlibda rejim kuchlari tomonidan sodir etilgan hujumda besh askar halok bo'lganligi va yana besh askar jarohatlanganligi haqida ma'lum qildi.

Fuat O'ktay Idlibda aholi xavfsizligini saqlash va tinchlik o'rnatish hamda to'qnashuvlar avj olishini oldini olish maqsadida xizmat qilgan turk askarlariga nisbatan sodir etilgan hujumda halok bo'lgan shahidlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.

"Turkiya qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarini nishonga olgan rejim kuchlariga darhol keskin javob choralari ko'rildi. Armiyamiz mintaqada o'z o'rnini saqlab qoladi va huquqni oyoq osti qilganlarga zarba berishni davom ettiradi",-deb yozgan Fuat O'ktay tvitterdagi sahifasida.

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #rejim kuchlari , #hujum , #Idlib , #Turkiya

Aloqador xabarlar