Ankarada Idlib bo‘yicha Rossiya-Turkiya muzokaralari bo'lib o'tdi

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, Turkiya va Rossiya tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari Sedat O‘nal va Sergey Vershinin boshchiligidagi delegatsiyalar o‘rtasidagi muzokaralar uch soat davom etdi.

1355792
Ankarada Idlib bo‘yicha Rossiya-Turkiya muzokaralari bo'lib o'tdi

 

 

Kecha Ankarada Turkiya va Rossiya vakillari ishtirokida Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyatga bag’ishlangan muzokaralar bo’lib o’tdi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, Turkiya va Rossiya tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari Sedat O‘nal va Sergey Vershinin boshchiligidagi delegatsiyalar o‘rtasidagi muzokaralar uch soat davom etgan.

Muzokaralarda Turkiyadan tashqi ishlar vazirligi, milliy mudofaa vazirligi, harbiy bosh shtab va milliy razvedka tashkiloti vakillari qatnashdi.

Rossiyadan esa, tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Sergey Vershinin, Vladimir Putinning Suriya bo’yicha maslahatchisi diplomat Aleksandr Lavrentchev hamda Rossiya harbiy va razvedka tashkiloti vakillaridan tashkil topgan delegatsiya ishtirok etdi.

Muzokaralarda Idlibdagi mavjud vaziyat muhokama qilindi, shuningdek Idlibda tinchlik o’rnatish va mamlakatda siyosiy o’tish jarayonini yo’lga qo’yish uchun olib boriladigan vazifalar ustida batafsil to’xtalib o’tildi.

Muzokaralarni kelgusi haftalarda ham davom ettirishga kelishib olindi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #muzokara , #Idlib , #Turkiya , #Rossiya

Aloqador xabarlar