Chavusho’g’lu, Turkiyaning tashqi siyosatining asosiy kun tartibiga to’xtaldi

Chavusho’g’lu poytaxt Anqarada Global Jurnalistlar kengashi Ijroiya qo’mitasi a’zolarini qabul qilar ekan unda Turkiyaning tashqi siyosatining asosiy kun tartibi haqida ma’lumotlar berdi.

1350336
Chavusho’g’lu, Turkiyaning tashqi siyosatining asosiy kun tartibiga to’xtaldi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu Isroil gazetasining Turkiyaning Milliy Razvedka tashkiloti rahbari Hakan Fidanni nishonga olishi masalasini Turkiyaning to'g'ri yo'lda, yaxshi ishlar payida ekanligini shuningdek mamlakat ustidan o'ynalgan bir necha o'yinni maydonda buzayotganligini qayd etgan holda baholadi. 

Chavusho’g’lu poytaxt Anqarada Global Jurnalistlar kengashi Ijroiya qo’mitasi a’zolarini qabul qilar ekan unda Turkiyaning tashqi siyosatining asosiy kun tartibi haqida ma’lumotlar berdi. 

Kecha Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat rahbari Donald Trump bilan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netenyahu o’rtasida Oq saroyda uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida iddio etilgan Yaqin Sharq tinchlik rejasini baholagan Chavusho’g’lu,

“Iddio etilgan ko’p asrlik tinchlik rejasining jonsiz tug’ilgani aniq. Mazkur reja bir tomonli ko’z qarash asosida tayyorlangan. Aslida, AQSh Elchixonasini Quddusga ko’chirish bilan betarafligini qo’ldan boy berdi” degan ifodalarga o'rin berdi.

O’z so’zida Qorabog’ masalasiga ham to’xtalgan Chavusho’g’lu,

“Qorabog’ muammosini hal qilishga harakat qilyapmiz. Rossiya bu ishga ko’proq aralashgudek bo’lsa mazkur muammo hal qilinadi. Shunday ekan bu yil Qorabog’ masalasiga yana-da ko’proq vaqt ajratamiz” deya gapirdi.

Tashqi ishlar vaziri Sharqiy O’rta yer dengizi masalasi ustidan esa,

“Sharqiy O’rta yer dengizida muammoni hal qilishning bittayu bitta yo’li bordir. Unga ko’ra Greklar bilan Gretsiya bo’lishishga tayyor bo’lishi kerak. Biz o’zimiz va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi xalqining manfaatini himoya qilish uchun qadam tashaldik. Greklar muammoni hal qilishga intilmas ekan biz ham o’z haqqimizni yedirib qo’ymaymiz. Qarorliligimiz davom etadi” deya gapirdi.

So’zlari yakunida Belgiya sudi tomonidan PKK terror tashkiloti haqida qabul qilingan qarorga e’tiroz bildirgan Chavusho’g’lu,

“Sud qarori PKK terror tashkilotini qo’llab-quvvatlamoqda. Bunga davlat aralashdi degan fikrdaman. Sud qarori ideologik mamzunda. Bu yerda eng muhimi Belgiya davlatining munosabatidir. Bizga PKKni terror tashkiloti ro’yhatida tutishga va’da bergandi. Umuman olib qaraganda samimiyatsizlik mavjud. Shunday ekan Belgiya bilan aloqali qanday qadamlar tashlashimizni yaqinda ma’lum qilamiz” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar