Turkiya, AQShning tayyorlagan tinchlik rejasining o'lik tug'ilganini bildirdi.
Turkiya, Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh), Falastin-Isroil masalasiga “yechim topish” iddaosi bilan tayyorlagan tinchlik rejasi o'lik tug'ilganini bildirdi.
Turkiya, Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh), Falastin-Isroil masalasiga “yechim topish” iddaosi bilan tayyorlagan tinchlik rejasi o'lik tug'ilganini bildirdi.
Tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotida,
"Ushbu reja ikki davlatli yechimni o'ldirishga va Falastin yerlarini egallab olishga qaratilgan bir qo’shib olish rejasidir, Falastin xalqi va ularning yerlarini pul bilan sotib olish mumkin emas” deb qayd etildi.
Quddus, Turkiyaning qizil chizig’i ekanini ta’kidlagan bayonotda,
"Biz Isroilning ishg’ol va qilgan zulmini qonuniylashtirish uchun tashlangan qadamga yo'l qo'ymaymiz. Biz har doim birodar Falastin xalqi tomonida bo'lamiz. Falastin hududida mustaqil Falastin uchun sa’y- harakat qilishda davom etamiz. Biz Falastinning qabul qilmagan har qanday bir rejasini qo'llab-quvvatlamaymiz. Bosqinchilik siyosati yakunlanmasdan turib Yaqin Sharqqa tinchlik kelmaydi" deya qayd etildi.
Kecha AQSh prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharq tinchlik rejasi deb nomlagan, Quddus Isroilning "bo'linmas" poytaxti deb qabul qilinishini e'lon qilgan ushbu rejani Falastinliklar uchun so'nggi imkoniyat deb ma’lum qilgan edi.