Erdo’g’an:“Kelgusi 3 yilda 3.2 mln kishini ish bilan ta’minlaymiz"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 2019 yilni sarhisob qilishga bag’ishlangan yig’ilishda ma’ruza qildi.

1342063
Erdo’g’an:“Kelgusi 3 yilda 3.2 mln kishini ish bilan ta’minlaymiz"
cumhurbaskani erdogan 2019 degerlendirme.jpg

 

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 2019 yilni sarhisob qilishga bag’ishlangan yig’ilishda ma’ruza qildi.

Erdo’g’an bu yil iqtisodiyotda 3.4 foiz nisbatidagi global o’sish ko’rsatgichini oshib o’tishni maqsad qilganligini ma’lum qildi.

“Joriy yilda 5 foiz rivojlanishni qo'lga kiritib, 3.4 foiz nisbatidagi global o’sish darajasini oshib o’tishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Prezidentning ta’kidlashicha, joriy yilda Yangi iqtisodiy dasturning birinchi davrida inflyatsiyani 8.5 foizga, ikkinchi davrida esa 4.9ga pasaytirish ko’zda tutilgan.

Erdo’g’an: “Yangi iqtisodiy dasturga ko’ra, kelgusi 3 yilda 3.2 mln kishini ish bilan ta’minlab, 2022 yili ishsizlikni 9.8 foizga pasaytirishni ko’zlayabmiz”,-dedi.

Prezidentning ta’kidlashicha, o’tgan yili davlat chegaralariga xavf solayotgan terror guruhlari hududdan uzoqlashtirildi, davlatni to’ntarishga uringan isyonchilarga og’ir jazolar berildi, chegara hududlarida rejalangan xufyona terror liniyasiga barham berildi, iqtisodiy tuzoqlar fosh qilinib, qaytatdan katta maqsadlarga intilish yo’lida islohotlar amalga oshirildi.

“Endi esa, rivojlanishni, ishlab chiqarishni, eksportni, ish bilan ta’minlashni yanada oshirgan holda, nafaqat O’rta yer dengizidagi, balki xalqaro maydondagi haq-huquqimizni himoya qilib, yangi porloq davrga shaxdam qadam tashlaymiz. Bu jihatdan 2019 yilgi natijalar Turkiyaning juda mashaqqatli davrda ham qanday katta ishlarni amalga oshirish salohiyatini ko’rsatadi. Umid qilamanki, 2020 yilda har sohada katta yutuqlarni qo'lga kiritib, xalqimiz oldidagi vazifamizni bajaramiz degan umiddaman”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Prezident o’z ma’ruzasida mamlakatda olib borilayotgan terrorizmga qarshi kurashga ham to’xtaldi.

“DEASh, Al-Qoida va boshqa terror guruhlariga qarshi operatsiyalarda jami 388 terrorist yo’q qilindi. Maqsad 780000 km kvadratlik vatan tuprog’ida xalqimizning xavfsiz, tinch-totuv, farovon yashashini ta’minlashdir”,-dedi prezident Erdo’g’an.

Shuningdek, Erdo’g’an Turkiyaning dastlabki mahalliy xabarlashuv sun’iy yo’ldoshi TURKSAT 6Ani bu yil yakunlab, 2021 yili fazoga uchirilishini qo’shimcha qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Rajap Tayyip Erdo’g’an , #Turkiya

Aloqador xabarlar