Turkiya AQSh va Eron o’rtasidagi keskinlikdan xavotirda...

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an xususiy telekanalda mintaqadagi dolzarb vaziyat haqidagi mulohazalarini tilga oldi.

1335148
Turkiya AQSh va Eron o’rtasidagi keskinlikdan xavotirda...

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an AQSh va Eron o’rtasidagi keskinlikning Iroq orqali avj olishidan xavotirda ekanligini ma’lum qildi.

Erdo’g’an xususiy telekanalda mintaqadagi dolzarb vaziyat haqidagi mulohazalarini tilga oldi.

Prezident eronlik general Qosim Sulaymoniyning AQSh tomonidan Iroqda o’ldirilishi oqibatida yuzaga kelgan tahlikalar nafaqat Iroq xavfsizligi uchun, balki mintaqa xavfsizligi uchun ham o’ta xavotirlanarli ekanligini ma’lum qildi.

Erdo’g’anning ta’kidlashicha, keskinlikni to’xtatish uchun Turkiya qo’shni davlat sifatida bir qator urinishlarda bo’ldi. Eron va Iroq yetakchilari bilan muloqotlarda ularni vazminlikka chaqirdi.

Payshanba oqshomi AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilganligini eslatgan Erdo’g’an: “Eron bilan keskinlikni yanada avj oldirmaslikni maslahat bergandim. Oradan 4-5 soat o’tgach, bu voqealar sodir bo’ldi. Tomonlar zarar ko’rishini oldini olish uchun darhol kerakli choralarni ko’rish darkor”,-dedi.

Prezident Erdo’g’an 8 yanvar kuni Turkiyaga tashrif buyuradigan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham ushbu vaziyatni muhokama qiladi.

“Biron davlatning oliy martabali qo’mondonini sababsiz o’ldirish javobsiz qolmaydi deb o’ylayman”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an 5 yanvarda turk harbiylari bitin-ketin Liviyaga jo‘natila boshlaganini so’zlariga qo’shimcha qildi.

  


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Eron , #Turkiya

Aloqador xabarlar