Erdo'g’an: Turkiyani O’rta yer dengizidan chetlatish loyihalari, oxirgi qadamlarimiz orqali buzildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, tashlagan qadamlari orqali Turkiyani O’rta yer dengizidan butunlay chetlatish loyihalarini buzganliklarini qayd etdi.

1332550
Erdo'g’an: Turkiyani O’rta yer dengizidan chetlatish loyihalari, oxirgi qadamlarimiz orqali buzildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, tashlagan qadamlari orqali Turkiyani O’rta yer dengizidan butunlay chetlatish loyihalarini buzganliklarini qayd etdi.

Prezident Erdo'g’an yurttoshlarini yangi yil bilan tabrikladi.

Tabriklarini yetkazish chog’ida,

Shu yilning noyabr oyida qo’l qo’yilgan va Turkiyani Liviya bilan dengiz orqali qo’shni qilgan shartnomaga to’xtalgan Erdo'g’an, Liviyadagi qonuniy Tripoli hukumatiga beradigan yordam orqali bu shartnomaning har jihatdan kuchga kirisihini ta’minlamoqchi ekanliklarini ifoda etdi.    

Prezident Erdo'g’an

“Turkiyani O’rta yer dengizidan butunlay chetlatish loyihalari, biz tashlagan oxirgi qadamlar orqali butunlay buzildi” dedi.

Dekabr oyining birinchi yarmida ma’lum qilingan 100 ming uy-joy qurilishi loyihasining, 81 viloyatning hammasida katta qiziqish va talab bilan qabul qilinganligini ta’kidlagan Erdo’g’an,

“Xalqimizning uy-joy qurilishi talabi ortar ekan biz bu loyihani har yili 100 mingta uy-joy qurish ishlari bilan davom ettiramiz” dedi.

Turkiya avtomobiliga ham to’xtalgan Prezident Erdo'g’an, loyihani xalq tomonidan yo’qtirilishini, muvaffaqiyatning ko’rsatkichi deb baholadi.  

Prezident Erdo'g’an, Qora dengizni Marmara dengizi bilan birlashtiradigan, Turkiyaning rivojlanishiga strategik va iqtisodiy jihatdan hissa qo’shadigan Kanal Istanbul loyihasi haqida esa,

“Xudo xohlasa asta-sekin qadam tashlab, mutlaqo natijaga erishamiz” dedi.

Erdo’g’an so'zlarini,

“Biz bilan birga tarixiy xodisalarga guvohlik qilgan 2019-yilni ortda qoldirar ekanmiz 2020-yilni ajoyib yangiliklar bilan qarshi olyapmiz. Olloxdan 2020-yilni yurtimiz, xalqimiz, do'stlarimiz va odam bolasi uchun yaxshilik olib kelishini tilab qolaman” degan ifodalar bilan yakunladi.  

 



Aloqador xabarlar