Turkiya, Qozog’istonga ta’ziya izhor etdi

Turkiya, Olmota shahridagi uchoq falokati oqibatida jon berganlar uchun Qozog’istonga ta’ziya izhor etdi.

1330921
Turkiya, Qozog’istonga ta’ziya izhor etdi

Turkiya, Olmaota shahridagi uchoq falokati oqibatida jon berganlar uchun Qozog’istonga ta’ziya izhor etdi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Olmaota-Nur Sulton qatnovidagi bir uchoqning ko’tarilish chog’ida yerga qulashi oqibatida jon bergan va tan jarohati olganlar haqidagi ma’lumotning chuqur qayg’u bilan olinganligi qayd etildi.

Bayonotda, “Bu dahshatli voqea tufayli do’st va qardosh qozoq xalqiga hamdardlik bildiramiz. Jon berganlarga Olloxdan rahmat, oilalariga sabr va tan jarohati olganlarga shifo tilaymiz” degan ifodalarga o’rin berildi.

Aytib o’tish joizki Qozog’iston Sog’likni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayontga ko’ra falokat chog’ida 12 kishining jon berganligi va 53 kishining tan jarohati olganligi ma’lum qilingandi.

Qozog’iston Bosh vazir o’rinbosari Roman Sklyar, falokatning “uchuvchi hatosi” yoki “texnik muammo”dan kelib chiqqan bo’lishi mumkinligini bildirgan.

Qozog'iston favqulodda vaziyatlar vazirligi kecha ertalab Olmaota shahrida Fokker 100 rusumidagi yo’lovchi uchog’ining ko’tarilish chog’ida uy-joylar o’rin olgan hududga qulaganligini, uchoqda 93 kishi bilan 5 nafar ekipajning borligini ma’lum qilgandi.



Aloqador xabarlar