Prezident Erdo'g'an, “Islom so’zini terror so’zining sifati qatorida ishlatganlarni lanatlayman”.

Prezident Erdo'g’an, NATO tarkibidagi davlatlarning liderlari yig’ilishida ishtirok etish uchun Angliya poytaxti Londonga borar ekan u yerda Turk fuqarolari va musulmonlar bilan uchrashdi.

1318136
Prezident Erdo'g'an, “Islom so’zini terror so’zining sifati qatorida ishlatganlarni lanatlayman”.
erdogan.jpg
erdogan.jpg

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, “Islom so’zini terror so’zining sifati qatorida ishlatganlarni lanatlayman” dedi.

Prezident Erdo'g’an, NATO tarkibidagi davlatlarning liderlari yig’ilishida ishtirok etish uchun Angliya poytaxti Londonga borar ekan u yerda Turk fuqarolari va musulmonlar bilan uchrashdi.

Erdo’g’an unda,

“Shu fursatdan foydalanib siz orqali qalblari biz bilan birga urgan osiyolik, afrikalik, turkistonlik, kashmirlik, arakanlik, yamanlik, liviyalik, suriyalik mazlumlarga salom yo’llayman. Birinchi qiblamiz Quddusni joni evaziga himoya qilgan falastinlik birodarlarimizga ham alohida sevgim va hurmatimni izhor etaman” deya gapirdi.  

Turkiyaning ishonchli insonlar himoyasida, xavfsiz va tinch ekanligini eslatib o’tgan Erdo’g’an so’zlari davomida,

“Turkiya bugungi kunda 17 yil avvalgiga qaraganda yana da kuchliroq. Hech kim Turkiya ustidan bemalol o’yin o’ynay olmaydi. O’ynaganlarninig o’yinini Turkiya buzadi. Bugungi kunda bir necha milliard dollar uchun yordam so’ragan emas, dunyoga milliy daromadiga nisbatan eng ko’p gumanitar yordam ko’rsatgan dovyurak mamlakatga aylandi. Bu mamlakat 2002-yilga qaraganda iqtisodiyotini 3.5 barobarga rivojlantirdi, milliy daromadini jon boshiga 3500 dollardan 9700 dollarga ko’tardi, eksport raqamlari bo’yicha har yili rekord o’rnatib kelmoqda. Endilikda qo'shaloq yo'llar, ko'priklar, tezyurar poezd liniyalari, tunnellar, o'tish joylari, ko'priklar, dunyoning eng yirik uchta aeroportidan biri va Osiyoni Yevropaga bog’lagan yangi ko’priklari orqali transport infratuzilmasini tamomladi. Egeyda, Qora dengizda, Sharqiy O’rta yer dengizida o’z huquqini, manfaatlarini himoya qilgan Turkiya bor. Jon saqlash uchun boshpana so’ragan 4 milliondan ortiq mazlumga quchoq ochgan, ularni yolg’iz qoymagan Turkiya bor” dedi.  

Islom so’zining “tinchlik” degan ma’noni anglatuvchi arab tilidagi “silm” so’zidan tug’ilganligini eslatib o’tgan Rajap Tayyip Erdo’g’an bu haqida,

“Islom, tinchlik dinidir. Tinchlik dini bo’lgan dinimizga aslo terror so’zini yaqinlashtira olmaysiz va uni terrorning yonida sifat qatorida ishlatolmaysiz. Ishlatganlarni esa men ham lanatlayman. Ishlatganlardan Yangi Zelandiyada 51 nafar musulmonni namoz vaqtida shahid qilganlarning kim ekanligini so’rash kerak. Javobi xristian lekin biz xristian terrorist deyotganimiz yo’q. Bunga yo’l qo’ymaymiz ham chunki bizning dinimiz islom va bu din bunga ruxsat bermaydi. Shunday ekan keling eng avvalo dinlarimiz o’rtasidagi aloqalarni qanday qilib to’g’ri yo’lga solishni qo’lga olaylik. Afsuski bugungi kunda dunyoning hurmatga sazovor davlatlarining e’tiborsiz liderlari “Islom dinini terror” so’zi bilan birga ifoda etmoqda. Bu umuman noto’g’ri. Buni qabul qilish imkonsiz. O’zaro uchrashuvlarimizda ham bu ifodalarga yo’l qo’ymang, bizni yaralayapsiz” degan so'zlarni aytib kelganligini qayd etdi.

 

 



Aloqador xabarlar