Akar, "Suriyaning shimolida tashkil etilishi rejalashtirilgan terror davlati umidlari puchga chiqdi"

Hulusiy Akar Turkiya Buyuk Millat Majlisining reja va byudjet komissiyasida, Mudofaa vazirligining 2020-yilgi byudjet taqdimoti ortidan deputatlar bergan savollarga javob berdi.

1310659
Akar, "Suriyaning shimolida tashkil etilishi rejalashtirilgan terror davlati umidlari puchga chiqdi"

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar yo’lga qo’yilgan amaliyotlar orqali Suriyaning shimolida terror yo’lagi, terror davlati tashkil etish umidlarining puchga chiqqanligini ma’lum qildi.

Hulusiy Akar Turkiya Buyuk Millat Majlisining reja va byudjet komissiyasida, Mudofaa vazirligining 2020-yilgi byudjet taqdimoti ortidan deputatlar bergan savollarga javob berdi.   

“Amaliyotlar orqali mintaqalarimizda xavfsizlik ta’minlandi” degan Akar, 400 mingdan ortiq suriyalikning o’z uyiga qaytganligini qayd etdi.

Shuningdek “Rossiyadan xarid qilib olingan S-400 zenit-raketa tizimi ishga tushadimi?” degan savolga qarshi Mudofaa vaziri,

“Ishga tushadi. O'rnatish va o'quv faoliyatlari tamomlanganida biz rejalashtirgan faoliyat asosida yo’lga qo’yiladi” dedi.

Akar, F-35 lardan to’rttasining Turkiyaga topshirilganini, bittasining esa hali hanuz garajda tutilganini eslatib o’tdi.

Hulusiy Akar, F-35 larning mamlakatning Malatya viloyatida joylashtirilishini, buning uchun o’rin ham belgilab olinganini eslatib o’tgan holda, Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat rahbari Donald Trump o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvdan keyin ikkala mamlakat o’rtasida mazkur masala ustidan hay’at tashkil etilishi haqida qaror qabul qilinganini yetkazdi.

 

 



Aloqador xabarlar