Prezident Erdo'g'an AQShda

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Davlat rahbari Donald Trumpning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Amerika Qo’shma Shtatlarida.

1305557
Prezident Erdo'g'an AQShda

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Davlat rahbari Donald Trumpning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Amerika Qo’shma Shtatlarida.

Prezident Erdo'g’anni mazkur tashrifi chog’ida poytaxt Vashingtondagi Andrews aeroportida Turkiyaning Vashingtondagi elchisi Serdar Kilich, Turkiyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Doimiy vakili Feridun Sinirlio’g’lu, AQSh Davlat departamenti protokolining raisi vazifasini bajaruvchi Ketrin Xenderson va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Prezident Erdo'g’anga mazkur tashrifi chog’ida rafiqasi Emine Erdo’g’an, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, G'aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak, Milliy mudofaa vaziri Hulusiy Akar, Savdo vaziri Ruxsar Pekjan, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o'rinbosari Mahir Unal, Adolat va taraqqiyot partiyasining Matbuot xizmati kotibi O’mer Chelik, Prezidentlik apparatining Aloqalar bo’limi rahbari Fahrettin Altun va Prezidentlik apparatining Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin hamrohlik qilmoqda.

Aeroportdan Willard mehmonoxnasiga qarab yo’l olgan Prezident Erdo'g’an bilan rafiqasi Emine Erdo’gan yo’l chetida uni sabrsizlik bilan kutgan turklar tomonidan ham katta hayajon bilan kutib olindi va Erdo'g’an oilasi mehmonxona oldida ular bilan salomlashdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Willard mehmonxonasida AQSh Savdo palatasi, Tashqi iqtisodiy munosabatlar kengashi va Turkiya-AQSh biznes kengashi tomonidan uyushtirilgan davra suhbati yig’ilishida ishtirok etdi.

Matbuotga yopiq ravishda uyushtirilgan mazkur yig’ilishda Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, G'aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak, Milliy mudofaa vaziri Hulusiy Akar, Savdo vaziri Ruxsar Pekjan, Prezidentlik apparatining Aloqalar bo’limi rahbari Fahrettin Altun bilan Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin ham ishtirok etdi.

Yig’ilishda shu bilan birga Pepsico, Google, UPS, Hilton, The Coca Cola Company, GE, Citi, Uber, Turk Havo yo’llari (THY), Limak, TAV aeroportlari xoldingi, Borusan, Kale Group kabi shirkat vakillari va Turkiya Varlik fondi, Tashqi iqtisodiy munosabatlar tashkiloti, Nasdaq va Amerika Savdo palatasi kabi tashkilot vakillari ham o’rin oldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdo'g'an , #Donald Trump , #AQSh

Aloqador xabarlar