Nechirvan Barzaniy:“Turkiyaning Suriyadagi kurdlar bilan muammosi yo’q..."

Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi rahbari Nechirvan Barzaniyning ta’kidlashicha,  Turkiya suriyalik kurdlarga qarshi emas, balki terror tashkiloti PKKga qarshi kurashmoqda.

1300999

Barzaniy bu haqda Erbilda Yaqin sharq tadqiqotlari instituti (MERI) tomonidan o’tkazilgan anjumanda gapirib o’tdi.

“Turkiyaning Suriyadagi kurdlar bilan muammosi yo’q. Biroq, PKK bilan muammosi bor”,-deb aytgan Barzaniy anjumanda so’zlagan nutqida.

Uning so’zlariga ko’ra, Turkiya hukumati “Biz hech qachon chegaralarimiz bilan Suriya o’rtasida PKK terroristlarining faoliyatiga ko’z yummaymiz”,-deya ma’lum qilgan.

“Bu vaziyat Suriyadagi qardoshlarimiz uchun ham katta tahlika yaratadi”,-deb aytadi Nechirvan Barzaniy.

Qolaversa, PKKning Suriyadagi o’rniga e’tibor qaratgan Barzaniy: “Birgina istagimiz kurdlarning PKK terror tashkilotidan uzoq turishidir. PKK suriyalik kurdlar orqali o’zini qonuniylashtirmoqchi bo’ldi va bugunga kelib afsuski bu vaziyatga yetib keldi”,-dedi.

Aloqador xabarlar