Terrorga qarshi kurash doirasida 2 terrorist yo'q qilindi

Turkiyaning Van viloyatida PKK/ KJK terror tashkilotiga qarshi amaliyot olib borildi.

1298838
Terrorga qarshi kurash doirasida 2 terrorist yo'q qilindi

Turkiyaning Van viloyatida PKK/ KJK terror tashkilotiga qarshi olib borilgan amaliyotda 2 terrorist yo’q qilindi.

Yo’q qilingan terroristlardan birining qidiruvdagi terroristlar ro’yhatining “kul rang” kategoriyasiga kiritilganligi ma’lum qilindi.

Van viloyat jandarmeriya qo’mondonligi guruhi tomonidan PKK/ KJK terror tashkilotining faoliyatlarini aniqlash ishlari olib borildi.

Shu doirada Gurpinar tumaniga qarashli qishloqlarda uyushtirilgan amaliyotda ikki terrorist yo’q qilindi.

Ulardan birining 300 000 lira mukofat bilan qidiruvdagi terroristlar ro’yhatining “kul rang” kategoriyasiga kiritilganligi aniqlandi.

Amaliyotda ko’plab qurol-yaroq, o’q-dori va ro’zg’or buyumlari qo’lga kiritildi.

Mintaqada amaliyotlar davom etmoqda.

Turkiyaning Mush viloyatida ham terror tashkilotiga qarshi olib borilgan amaliyotda ichida qurol-yaroq, o’q-dori va ro’zg’or buyumlari bor 3 ta boshpana, xavfsizlik kuchlari tomonidan yo’q qilindi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Mush , #Van , #PKK/ KJK , #terrorga qarshi kurash

Aloqador xabarlar