Turkiyaning Mush va Diyarbakir viloyatlarida 3 terrorist yo'q qilindi
Turkiyada terrorizmga qarshi kurash uzluksiz davom etmoqda.

Turkiyaning Mush viloyatiga qarashli qishloqlarda viloyat jandarmeriya qo’mondonligi tomonidan amalga oshirilgan va havodan qo’llab-quvvatlangan amaliyotda 2, Diyarbakir viloyatining Lije tumaniga qarashli qishloqlarda esa 1 terrorist yo’q qilindi.
Ichki ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, ichki xavfsizlik amaliyotlari doirasida mamlakatning Mush viloyatiga qarashli qishloqlarda viloyat jandarmeriya qo’mondonligi tomonidan amalga oshirilgan va havodan qo’llab-quvvatlangan amaliyotda 2 terroristning yo’q qilinghanligi ifoda etildi.
Diyarbakir Jandarmeriya qo’mondonligi tomonidan viloyatga qarashli qishloqlarda amalga oshirlgan amaliyotda esa 1 terroristning yo’q qilinganligi ma’lum qilindi.
Bayonotda amaliyotlarning davom etganligi qayd etildi.