Turkiyaning Hakkari viloyatida terroristlar bilan otishmada yaralangan askar halok bo'ldi

“Bizni chuqur larzaga solgan bu voqeada halok bo’lgan aziz shahidimizni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Qahramon askarimizning motamsaro oilasiga, Turkiya Qurolli kuchlariga va ulug’ turk xalqiga hamdardlik bildiramiz”,-deyiladi bayonotda.

1295765
Turkiyaning Hakkari viloyatida terroristlar bilan otishmada yaralangan askar halok bo'ldi

 

 

Turkiyaning Hakkari viloyatida 23 oktyabrda terroristlar bilan bo’lgan otishmada og’ir yaralangan askar shifoxonada olamdan o’tdi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi yozma bayonot berdi.

“23 oktyabr kuni Hakkarining Yuksekova tumanida terroristlar bilan bo’lgan otishmada og’ir yaralangan askar shifoxonada doktorlarning barcha urinishlariga qaramay kecha kechqurun vafot etdi”,-deyiladi bayonotda.

“Bizni chuqur larzaga solgan bu voqeada halok bo’lgan aziz shahidimizni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Qahramon askarimizning motamsaro oilasiga, Turkiya Qurolli kuchlariga va ulug’ turk xalqiga hamdardlik bildiramiz”,-deya ta’ziya bildiriladi bayonot so’ngida.

 


Tanlangan kalimalar: #askar , #otishma , #shahid , #Hakkari , #Turkiya

Aloqador xabarlar