Turkiya afg’onistonlik muhojirlarni o'limdan qutqarib qoldi

Turkiyaga minnatdorlik bildirgan Nasariy: “Endi mening ikki vatanim bor. Biri Turkiya, biri Afg’oniston. Turkiyada bizga juda yaxshi muomala qildilar. Bizga g’amxo’rlik ko’rsatdilar. Alloh ulardan rozi bo’lsin!”,-dedi.

1291169
Turkiya afg’onistonlik muhojirlarni o'limdan qutqarib qoldi

 

Turkiyaning Edirne viloyati Merich tumanida yarador holda topilgan Afg’oniston, Pokiston va Shri Lanka fuqarolaridan iborat  jami 22 nafar muhojir shifoxonaga yotkizildi.

Muhojirlarning ta’kidlashicha, Gretsiya politsiyasi ularni majburiy ravishda Turkiyaga yuborgan.

Ular hozirda Turkiyadagi Uzunko’pru davlat shifoxonasida davolanmoqda.

Afg’onistonlik Abdulvahob Nasariy (17 yosh) ma’lum qilishicha, bir guruh muhojirlar Yevropaga eltib qo’yishni va’da qilgan bir kishiga har biri 3000 evroga kelishib, bir guruh bo’lib yo’lga chiqishgan.

Ular avtobusda Gretsiya hududlaridan o’tib ketayotganda politsiya tomonidan to’xtatilgan.

“Avtobus to’xtamagach, yunon politsiyasi bizga o’q uzdi va halokat yuz berdi. So’ngra, yarador bo’lishimizga qaramay, politsiya bizni Merich daryosidan ortga qaytarib yubordi. Keyin bizni Turkiya xavfsizlik kuchlari topib oldi va bizni shifoxonaga olib bordi. 12 va 63 yoshlarda bo’lgan ikki muhojir Gretsiya hududidagi avtohalokatda halok bo’lishdi. Yo’lga chiqqanimizda 45 kishi edik. Bizni Serbiyagacha olib keladigan bo’lgandi. U yerdan Germaniyaga o’tishni rejalashtirgandik”,-deb hikoya qiladi afg’onistonlik muhojir.

Turkiyaga minnatdorlik bildirgan Nasariy: “Endi mening ikki vatanim bor. Biri Turkiya, biri Afg’oniston. Turkiyada bizga juda yaxshi muomala qildilar. Bizga g’amxo’rlik ko’rsatdilar. Alloh ulardan rozi bo’lsin!”,-dedi.

Muhojirlardan biri Shavkat Muhammadning (19 yosh) aytishicha, Gretsiyada ularga juda qo’pol muolama ko’rsatishgan. Ularni majburlab ortga qaytarib yuborishgan.

“Bizni yarador bo’lishimizga qaramay, daryodan qaytarib yubordilar. Boshqa u yerga borishni xohlamayman. Turkiyaga katta rahmat!”,-deydi u.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #muhojir , #Afg'oniston , #Turkiya

Aloqador xabarlar