Suriyada PKK/YPG jangarilari tomonidan sodir etilgan qurolli hujumda turk askar halok bo'ldi

Suriyada Firot daryosi sharqidagi Tel-Abyad tumanida PKK/YPG jangarilari tomonidan sodir etilgan qurolli hujum oqibatida 1 nafar turk askari halok bo’ldi, 1 nafari jarohatlandi.

1291050
Suriyada PKK/YPG jangarilari tomonidan sodir etilgan qurolli hujumda turk askar halok bo'ldi
teroristlerin guvenli bolgeden cikisi.jpg

 

Suriyada Firot daryosi sharqidagi Tel-Abyad tumanida PKK/YPG jangarilari tomonidan sodir etilgan qurolli hujum oqibatida 1 nafar turk askari halok bo’ldi, 1 nafari jarohatlandi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi bayonot berdi.

“Shu yilning 17 oktyabr payshanba kuni AQSh bilan “xavfsiz hudud” tashkil etish va vaqtinchalik o’t ochishni to’xtatish to’g’risidagi kelishuvga qaramay, PKK/YPG jangarilari tomonidan 20 marta hujum sodir etildi. Yaradorlar Resul-Ayn hududidan tez yordam mashinasida olib chiqildi. Bizni chuqur larzaga solgan bu voqeada halok bo’lgan aziz shahidimizni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Avvalo shahidimizning oilasiga, Turkiya Qurolli kuchlariga va aziz turk xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz. Yaralangan qahramon askarlarimizga shifo tilaymiz!”,-deyiladi bayonotda.

“Turkiya Qurolli kuchlari Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi kelishuv doirasida, PKK/YPG jangarilarining 120 soat ichida hududni tark etishini yaqindan diqqat bilan kuzatib bormoqda”,-deya ilova qilinadi bayonotda.

 


Tanlangan kalimalar: #shahid , #turk askar , #Tel-Abyad , #Suriya , #Turkiya

Aloqador xabarlar