Prezident Erdo'g’an AQSh Davlat rahbari Trumpning “Twitter”dagi postiga javob berdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, AQSh Davlat rahbari Donald Trumpning Tinchlik bulog’i amaliyotining vaqtinchalik to’xtatilishi haqida qaror qabul qilingan uchrashuv ortidan ijtimoiy media orqali bergan bayonotiga javob berdi.

1290164
Prezident Erdo'g’an AQSh Davlat rahbari Trumpning “Twitter”dagi postiga javob berdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat rahbari Donald Trumpning Suriyadagi Firot daryosining sharqida olib borilgan Tinchlik bulog’i amaliyotining vaqtinchalik (120 soat/ 5 kun) to’xtatilishi haqida qaror qabul qilingan uchrashuv ortidan ijtimoiy media orqali bergan bayonotiga javob berdi.

Prezident Erdo'g’an Twitter orqali,

“Hurmatli Prezident, odam bolasining eng asosiy dushmaniga aylangan terrorizmni mag’lubiyatga uchratganimizda yanada ko’proq jon qutqariladi. Bu mushtarak say-harakatlarning hududimizdagi tinchlik va barqarorlikni qo’llab-quvvatlashiga ishonchim komil” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Aytib o’tish joizki Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu Prezidentlik qarorgohida Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an va AQSh vitse-prezidenti Mike Pence va hay’atlaro uchrashuv ortidan kecha matbuot anjumani uyushtirib unda, Suriyadagi Firot daryosining sharqida olib borilgan Tinchlik bulog’i amaliyotining vaqtinchalik (120 soat/ 5 kun) to’xtatilganligini ma’lum qilgandi.

Mazkur ma’lumot ortidan AQSh Davlat rahbari Donald Trump Twitter orqali Prezident Erdo'g’anga minnatdorchilik bildirib,

“Turkiyadan ajoyib yangiliklar bor. Millionlab jon qutqariladi” degan ifodalarga o’rin bergandi.

 



Aloqador xabarlar