Erdo’g’an Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Johnson bilan muloqot qildi

Erdo’g’an suhbat chog’ida Boris Johnsonga 9 oktyabr kuni Suriyada Firot daryosi sharqida boshlatilgan “Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasining maqsadi nimalardan iborat ekanligini anglatdi.

1287002
Erdo’g’an Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Johnson bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Johnson bilan telefonda muloqot qildi.

Erdo’g’an suhbat chog’ida Boris Johnsonga 9 oktyabr kuni Suriyada Firot daryosi sharqida boshlatilgan “Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasining maqsadi nimalardan iborat ekanligini anglatdi.

Shu bilan birga, Suriya shimolidagi PKK-YPG va DEASh terror tashkiloti tubdan yo’q qilingunicha harbiy operatsiya davom etishini, natijada Suriya fuqarolarining o’z ona vataniga qaytishi uchun sharoit yaratilishini ma’lum qildi.

Johnson esa, Turkiya Buyuk Britaniya va NATO uchun eng muhim hamkor ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, u Turkiyaning DEAShga qarshi kurashdagi ro’li va Suriyadagi ichki urushdan qochgan xalqni qo’llab-quvvatlash xususidagi mardlarcha yordamsevarligini taqdirladi.

 

 

 



Aloqador xabarlar