Turkiya Suriyaning shimolini terroristlardan qutqarishda qarorli

Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati Bosh kotibi Hami Aksoy, Firotning sharqida tashkil etiladigan xavfsiz hudud masalasida ba’zi chet ellik rasmiylar tomonidan berilgan bayonotlar haqidagi savollarga yozma ravishda javob berdi.

1283863
Turkiya Suriyaning shimolini terroristlardan qutqarishda qarorli

Turkiya Suriyadagi Firot daryosining sharqini terroristlardan qutqarib, u yerda xavfsiz hudud tashkil etishda qanchalik qarorli ekanligini ma’lum qildi.

Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati Bosh kotibi Hami Aksoy, Firotning sharqida tashkil etiladigan xavfsiz hudud masalasida ba’zi chet ellik rasmiylar tomonidan berilgan bayonotlar haqidagi savollarga yozma ravishda javob berdi. Hami Aksoy mazkur javobida, Suriya tomonidan tug’ilgan har qanday terror xavfiga qarshi milliy xavfsizlik doirasida chora ko’rishning, Turkiyaning xalqaro huquqqa tayangan eng asosiy haqqi ekanligini ta’kidladi.

Turkiyaning yuqorida nomi tilga olingan choralarni bugungacha ittifoqdoshlari bilan birgalikda ko’rish uchun ancha mehnat qilganligiga e’tibor qaratgan Aksoy, “Suriyaning shimolida tashkil etiladigan xavfsiz hudud orqali qonuniy manfaatlarimizning himoya qilinishi va o’z uy-joyidan mahrum bo’lgan yuzminglab suriyalikning xavfsiz ravishda, o’z xohishi bilan yurtiga qaytishlari uchun imkon yaratish maqsadida konstruktiv va yaxshi niyat bilan harakat qildik” degan ifodalarga o’rin berdi.

Natijada AQShning harbiy tarmoqdagi rasmiylarining bergan va’dalarini bajarmaganligiga e’tibor qaratgan Aksoy, so’zini:

“Mazkur jarayonda AQShning xavfsizlik byurokratiyasi Firotning sharqini bosib olgan PYD/ YPG terror tashkiloti bilan aloqasini uzish o’rniga uni yanada mustahkamlab, yurtimiz bilan bo’lgan ittifoqchilik tushunchasiga to’g’ri kelmaydigan munosabatda bo’ldi. Turkiya, xalqaro hamjamiyatning mas’ul a’zosi sifatida terrorga qarshi kurashda qarorlidir. Chegaralarimizga yaqin qo’shni bo’lgan Suriya tuproqlarida DEASh terror tashkilotidan hech qanday farqi yo'q, yurtimiz va insonlarimizdan tashqari Suriya xalqini nishonga olgan dahshatli jinoyatlarga qo’l urgan PYD/ YPG/ PKK terror tashkilotining keng tarqashini tomosha qilib o’tirish imkonsizdir. Turkiyaning Firotning sharqini terroristlardan qutqarib, o’z kelajagi va xavfsizligini himoya qilish shuningdek Suriyaning tinchlik va barqarorligini ta’minlashdagi qarori qat’iydir. Shu jadallikda, mintaqada Suriyaning hududiy yaxlitligi va birdamligini nishonga olgan xavflarni yo’q qilib, kelajakda DEASh va shunga o’xshash muammolarning takrorlanmasligi uchun kuchli zamin yaratiladi” deb yakunladi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar