Fahriddin Altun:"Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashi to’xtovsiz davom etadi"

Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahriddin Altun bu haqda tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

1282956
Fahriddin Altun:"Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashi to’xtovsiz davom etadi"

 

Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahriddin Altun Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashi to’xtovsiz, qat’iylik bilan davom etganligini ta’kidladi.

Fahriddin Altun bu haqda tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Istiqlolimiz va istiqbolimiz uchun terrorizmga qarshi kurash nafaqat chegara hududlarimizda, balki chegara ortida ham to’xtovsiz va qat’iylik bilan davom etmoqda. Bu kurashdan maqsad terrorizmning ildizini quritishdir. Tinchlik va barqarorlik to’liq o’rnatilguniga qadar kurashimiz davom etaveradi”,-deb yozdi Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahriddin Altun tvitterdagi sahifasida.

 



Aloqador xabarlar