Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an BMT Bosh Assambleyasining sammitida ma'ruza qildi

Iqlim ta’sirlari bo‘yicha o’tkazilgan sammitda ma’ruza qilgan Erdo'g'an Turkiya qayta ishlab chiqariladigan energiya bo’yicha mintaqada yetakchi davlatlardan biri ekanligini ma’lum qildi.

1275061
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an BMT Bosh Assambleyasining sammitida ma'ruza qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Amerika Qo’shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi doirasida Iqlim ta’sirlari bo‘yicha o’tkazilgan sammitda ma’ruza qildi.

Prezident Erdo’g’an Turkiya qayta ishlab chiqariladigan energiya bo’yicha mintaqada yetakchi davlatlardan biri ekanligini ma’lum qildi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Turkiyada elektrning 30 foizidan ko’pi qayta ishlab chiqariladigan energiyadan ta’minlanadi.

“O’rmon xo’jaliklarini rivojlantirgan nodir davlatlardan birimiz. Oxirgi 17 yilda 4 mlrddan ortiq ko’chat ekdik. 11 noyabrda yana 11 mln ko’chat ekamiz”,-deb aytgan prezident Erdo’g’an.

Erdo’g’an Turkiyada plastmassa paketlardan foydalanish nisbati 4dan 3 foizga kamayganligini so’zlariga ilova qildi.

“Mamlakatimiz miqyosida chiqindilarni qayta ishlash, iqlimga zararsız texnologiyalarni yaratish va energiya manbalaridan unumli foydalanish xususida katta o’zgarishlarni amalga oshirdik. Taraqqiyot yo’lida o’z maqsadimizdan voz kechmasdan, iqlim o’zgarishiga moslashish va tabiiy ofatlarga qarshi chidamlilikni mustahkamlovchi siyosatni hayotga tadbiq etyabmiz”,-deb aytgan prezident Erdo’g’an sammitdagi ma’ruzasida.

 

 



Aloqador xabarlar