Iroq shimolida sodir etilgan portlashda ikki turk askar halok bo'ldi

“Iroq shimolida harbiy konvoy o’tib ketayotgan vaqtda PKK jangarilari tomonidan yerga ko’milgan bomba portladi. Portlashda ikki turk askar halok bo’ldi”,-deyiladi bayonotda.

1274604
Iroq shimolida sodir etilgan portlashda ikki turk askar halok bo'ldi

 

 

Iroq shimolida terror tashkiloti PKK jangarilari tomonidan joylashtirilgan qo’lbola bombaning portlashi oqibatida ikki askar halok bo’ldi.

Bu haqda Milliy mudofaa vazirligi bayonot berdi.

“Iroq shimolida harbiy konvoy o’tib ketayotgan vaqtda PKK jangarilari tomonidan yerga ko’milgan bomba portladi. Portlashda ikki turk askar halok bo’ldi”,-deyiladi bayonotda.

Bayonotga ko’ra, hududda operatsiya kuchaytirildi.

“Bizni chuqur larzaga solgan bu voqeada halok bo’lgan aziz shahidimizni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Motamsaro oilasiga, Turkiya Qurolli kuchlari va ulug’ turk xalqiga chuqur hamdardlik izxor etamiz va sabr tilaymiz!”,-deya ilova qilinadi bayonotda.

 

 

 



Aloqador xabarlar