Iroqning shimolida PKK terror tashkiloti a’zolaridan 3 terrorist yo’q qilindi

Turk Qurolli kuchlari va Milliy Razvedka tashkiloti tomonidan muvofiqlashtirilgan holda Iroqning shimolida terroristlarga qarshi havo amaliyoti uyushtirildi.

1270154
Iroqning shimolida PKK terror tashkiloti a’zolaridan 3 terrorist yo’q qilindi

Turk Qurolli kuchlari va Milliy Razvedka tashkiloti tomonidan muvofiqlashtirilgan holda Iroqning shimolidagi Gara mintaqasida PKK terror tashkilotiga a’zo ekanligi aniqlangan 3 terrorist havo amaliyoti orqali yo’q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Gara mintaqasida havo amaliyoti uyushtirilganligi qayd etildi.

Bayonotda shuningdek,

“Turk Qurolli kuchlari va Milliy Razvedka tashkiloti tomonidan muvofiqlashtirilgan holda Iroqning shimolidagi Gara mintaqasida PKK terror tashkilotiga a’zo ekanligi aniqlangan 3 terrorist havo amaliyoti orqali yo’q qilindi” degan ifodalarga o’rin berildi.

Undan tashqari Turkiyaning Tunjeli viloyatida 1 terrorist yo’q qilindi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra Tunjelida, viloyatdagi milliy politsiya idorasi va jandarmeriya qo’mondonligi tomonidan uyushtirilgan mushtarak amaliyotda, terroristlardan biri quroli bilan yo’q qilingan.

Mintaqada ichki xavfsizlik uchun amaliyotlar davom etmoqda.



Aloqador xabarlar