Fuat O’ktay:“Terrorizmning millati, dini yo’q. Uning maqsadi insoniyatni yo’q qilishdir"

Turkiya prezidentining o’rinbosari Fuat O’ktay Suriya-Turkiya chegarasida joylashgan Cho’banbey hududidagi shifoxona yaqinida bomba joylashtirilgan avtomobilning portlatilishi oqibatida sodir etilgan terrorchilik harakatini qoraladi.

1270119
Fuat O’ktay:“Terrorizmning millati, dini yo’q. Uning maqsadi insoniyatni yo’q qilishdir"

 

Turkiya prezidentining o’rinbosari Fuat O’ktay Turkiya nafaqat mamlakat hududlarida, balki chegara ortida ham terrorizmga qarshi kurashni qat’iy davom ettirishini ma’lum qildi.

Fuat O’ktay tvitter orqali Suriya-Turkiya chegarasida joylashgan Cho’banbey hududidagi shifoxona yaqinida bomba joylashtirilgan avtomobilning portlatilishi oqibatida sodir etilgan terrorchilik harakatini qoraladi.

“Terrorizmning millati, dini yo’q. Uning maqsadi insoniyatni yo’q qilishdir. Turkiya sifatida chegaralarimiz atrofida, balki chegara ortida ham terrorizmga qarshi kurashimizni davom ettiramiz”,-deb yozgan Fuat O’ktay tvitterdagi sahifasida.



Aloqador xabarlar