Diyarbakirda PKK terrorchilari uyushtirgan hujum oqibatida 4 kishi halok bo'ldi va13 kishi yaralandi
Diyarbakirning Kulp tumanining qishloq hududida o'tin terish uchun borgan fuqarolarni olib ketayotgan vositaga PKK terrorchilari tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida 4 kishi halok bo'ldi va 13 kishi yaralandi.

Diyarbakirning Kulp tumanining qishloq hududida o'tin terish uchun borgan fuqarolarni olib ketayotgan vositaga PKK terrorchilari tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida 4 kishi halok bo'ldi va 13 kishi yaralandi.
Yaradorlar, Kulp va Diyarbakirdagi turli kasalxonalarda davolanmoqda.
Xavfsizlik kuchlari hujum sodir etganlarni aniqlash uchun kerakli faoliyatlarga boshladi.
Hujumda halok bo'lgan fuqarolarni olloh o’ rahmatiga olsin , ularning qarindoshlari va turk xalqiga ta'ziya va sabr tilaymiz deya bildirildi.
Prezident Rejep Tayyip Erdog'an, Diyarbakir gubernatori Hasan Basri Guzelo'g'lu bilan telefon orqali uchrashib, terror hujumi haqida ma'lumot oldilar.
Hujumli terrorchilik hujumida halok bo'lgan fuqarolarni , Olloh o’z rahmatiga olsin, yaradorlarga shifo tilagan Prezident Erdog'an hujumni uyushtirganlarni barcha imkoniyatlardan foydalanib qo'lga olish uchun safarbar qilinadi va mavzuni ta’qib etishga davom etaman deya bildirdi.
Erdo’g'an shahidlarning yaqinlariga qo'ng'iroq qilib ta'ziyalarini bildirdi.
Turkiya (parlamenti) raisi Mustafo Shento’p ham ijtimoiy tarmoq akkaunti Tvitterda terroristik hujum bilan bog'liq bayonot berdi
Shento’p, bayonotida tinch aholiga qarshi qilingan qonli hujum hech qachon javobsiz qoldirmasligini aytdi.
Jumhuriyat xalq partiyasi (CHP) lideri Kamol Qilichdaro’g’li ham o’zining Twitterdagi akkauntida Diyarbakirdagi terror hujumini qoraladi.
Aloqador xabarlar

Erdo'g’an Dubayda BAA prezidenti va BMT bosh kotibi bilan uchrashdi
Uchrashuvda mintaqaviy va global o'zgarishlar hamda G'azodagi so'nggi vaziyat muhokama qilindi.