Prezident Erdo'g'an Sakarya g’alabasining Turkiya tarixidagi o’rniga e’tibor qaratdi

Prezident Erdo'g’an 13-sentabr kuni Sakarya g’alabasining 98-yilligi munosabati bilan so’zlagan nutqida, Sakarya maydonidagi muhorabaning mustaqillik uchun olib borilgan milliy ozodlik kurashidagi eng muhim burilish nuqta ekanligini ta'kidladi.

1268141
Prezident Erdo'g'an Sakarya g’alabasining Turkiya tarixidagi o’rniga e’tibor qaratdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an 1921-yili qo’lga kiritilgan Sakarya g’alabasining Turkiyaga ko’tarinki ruh berib, kelajak tomon shaxdam qadam tashlash uchun kuch-quvvat baxsh etishni davom etajagini qayd etdi.  

Prezident Erdo'g’an 13-sentabr kuni Sakarya g’alabasining 98-yilligi munosabati bilan so’zlagan nutqida, Sakarya maydonidagi muhorabaning mustaqillik uchun olib borilgan milliy ozodlik kurashidagi eng muhim burilish nuqta ekanligini ta'kidladi.

Milliy ozodlik kurashining g’alaba bilan yakunlanishidan oldingi oxirgi va ajoyib gradatsiyasi bo’lgan Sakarya g’alabasining, aziz xalqining mustaqillik yo’lidagi umidlariga umid qo’shganligini ta’kidlagan Erdo’g’an,

“Sakarya g’alabasi, qahramon qo’shinlarimizga kuch-quvvat berib, milliy irodaning yakkayu-yagona natijasi hisoblangan majlisimizning dunyodagi o'rnini aniqlab, obru-e’tiborini orttirdi” dedi.

Prezident Erdo'g’an bu haqida shuningdek,

“Judayam og’ir shart-sharoitlar va imkonsizliklar ichida olib borilgan milliy ozodlik kurashining har bir bo’sqichi va aziz xalqimiz tomonidan birlik-birdamlik ichida qo’lga kiritilgan g’alabalar bizga ko’tarinki ruh berib, kelajak tomon shaxdam qadam tashlash uchun kuch-quvvat baxsh etishni davom etadi. Sakarya g’alabasining 98-yilligi munosabati bilan G’oziy Mustafa Kemal Ataturk bosh bo’lish bilan birga Milliy ozodlik kurashinig barcha qahramonlarini rahmat va minnatdorchilik bilan yodga olaman. Barcha yurttoshlarimizga esa chin qalbimdan salom yo’llayman” degan ifodalarga o’rin berdi.  

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar