Fuat Oktay, Turkiyaning bundan buyon muhojirlar oqimiga mezbonlik qilolmasligini qayd etdi

Italiyaning Chernobbio shahrida uyushtirilgan navbatdagi Ambrosetti forumida ishtirok etgan vitse-prezident Fuat Oktay, Bloomberg telekanalida kun tartibini baholadi.

1265214
Fuat Oktay, Turkiyaning bundan buyon muhojirlar oqimiga mezbonlik qilolmasligini qayd etdi

Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Fuat Oktay, Turkiyanining bundan buyon Suriyaning Idlib viloyatidan muhojirlar kelgudek bo’lsa ularga mezbonlik qilolmasligini, to'g’rirog’i mamlakatning bundan keyingi muhojirlarga mezbonlik qilish imkonining yo’qligini qayd etdi.

Italiyaning Chernobbio shahrida uyushtirilgan navbatdagi Ambrosetti forumida ishtirok etgan vitse-prezident, Bloomberg telekanalida kun tartibini baholadi.

Fuat Oktay unda, “Yana suriyalik muhojirlar oqimiga duch kelish arafasidamizmi?” degan savolga qarshi,  

“Afsuski shunday lekin Turkiya sifatida yuqorida nomi tilga olingan hududda tinchlikning o’rnatilishi uchun hormay-tolmay mehnat qilmoqdamiz” deb javob berdi.

Vitse-prezident Fuat Oktay, Yevropaning ko’proq o’z muammosini hal qilish bilan ovora ekanligini va muhojirlar muammosini umuman unutganligini belgilab o’tgan holda,

“Yevropaning eng asosiy muammosi, mintaqadagi chet ellik jangarilaridir” dedi.

Idlibga qarshi qo’l urilgan hujumlarning davom etganligiga ham e’tibor qaratgan Oktay, shu doirada rejim kuchlari tomonidan kasalxonalar, maktablar va tinch aholining bombalanganligini ifoda etdi.

Oktay Turkiyaning 3.7 million muhojirga mezbonlik qilganligini eslatib o’tgan holda,

“Yevropa Turkiyaning bundan buyon Idlib tomonidan kelish ehtimoli bor muhojirlar oqimiga mezbonlik qilish imkoniga ega emasligini tushunishi kerak. Yevropa buni qabul qilishi darkor. Turkiya bu yukni bir o’zi tashiy olmaydi” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Turkiyaning terror tashkilotlarini dini, o’rin olgan hududi yoki etnik kelib chiqish jihati nima bo’lishidan qat’iy nazar ajratmaganligini ta’kidlagan Fuat Oktay, suriyalik tinch aholining terror yuzasidan azob tortishga majbur emasligini qayd etdi.  

 



Aloqador xabarlar