Chavusho’g’li: "Migrantlar inqirozi faqatgina Turkiyaning masalasi emasdir".

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Sloveniyada uyushtirilgan “"Bled strategiya forumi"da migrantlar inqirozining faqatgina Turkiyaning masalasi emasligini qayd etdi.

1262850
Chavusho’g’li: "Migrantlar inqirozi faqatgina Turkiyaning masalasi emasdir".

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li migrantlar inqirozining faqatgina Turkiyaning masalasi emasligini qayd etdi.

Tashqi ishlar vaziri Sloveniyada uyushtirilgan “Bled strategiya forumi" doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh assambleyasi raisi Maria Fernanda Espinosa, Ispaniya Tashqi ishlar vaziri Josep Borrell va Sloveniya Tashqi ishlar vaziri Karl Erjavec ishtirok etgan panelda nutq so’zladi.  

Yevropa ittifoqi tomonidan suriyaliklarga yordam berish va Turkiyaning ittifoqga to’laqonli a’zo bo’lishi masalasi ustidan Turkiya oldida o’z zimmasiga olingan vazifaning bajarilmaganligini eslatib o’tgan Chavusho’g’li, xalqaro hamjamiyatning ham tartibsiz migratsiyaga qarshi kurashda muvaffaqiyatga erisholmaganlgini aytib o’tdi.  

Turkiyaning migratsiya masalasida tranzit davlat ekanligini ta’kidlagan Mevlut Chavusho’g’li,

“Davlat byudjetidan 37 milliard dollar sarfladik lekin xalqaro hamjamiyat qo’shgan hissa 1 milliard dollardan ham oz” dedi.

Migratsiya inqirozining, turli qirralari borligini eslatib o’tgan Chavusho’g’li,

“Yaqindagina Iordaniya va Livanda bo’ldim. Ular ham (xalqaro hamjamiyatdan) mamnun emas. Bu faqatgina Turkiyaning muammosi emas” deya gapirdi.

Mevlut Chavusho’g’li, Turkiyaning Rossiyadan S-400 zenit-raketa mudofaa tizimlari olishi masalasida esa Slovakiya va Gretsiyaning ham Rossiyadan S-300 xarid qilib olganligini eslatdi.

Tashqi ishlar vaziri Turkiyaning mustaqil davlat ekanligini ta’kidlagan holda,

“S-400 larni olishga majburmiz. Chunki bizning bunga shoshilinch ravishda ehtiyojimiz bor. Zoriqib utrgan vaqtlarimizda Niderlandiya, Germaniya va Amerika Qo’shma Shtatlari raketa batareyalarini chegaralarimizdan qaytardi. Imkon bo’lsa AQShdan Patriot olamiz. Aks holda o’zimiz ishlab chiqargunga qadar mudofaa tizimlarini Rossiyadan olamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.



Aloqador xabarlar