Turkiya va Ozarbayjon o’rtasida o’zaro viza rejimi bekor qilindi

Bugun, 1 sentyabrdan e’tiboran kuchga kirgan qarorga muvofiq, Turkiya fuqarolari Ozarbayjon Respublikada 30 kun vizasiz yurishlari mumkin.

1261737
Turkiya va Ozarbayjon o’rtasida o’zaro viza rejimi bekor qilindi

 

Turkiya va Ozarbayjon o’rtasida o’zaro viza rejimi bekor qilindi.

Shu bilan Turkiya fuqarolari Ozarbayjon Respublikada 30 kun vizasiz yurishlari mumkin.

Ushbu qaror bugun, 1 sentyabrdan e’tiboran kuchga kirdi.

Bu haqda Turkiya Respublikasining Ozarbayjondagi favqulodda va muhtor elchisi Erkan O’zoral ma’lum qildi.

“Oxirgi paytlarda elektron viza olinishi qulaylashgan edi. Viza rejimining butunlay bekor qilinganligi aslida ramziy ahamiyatga ega bo’lgan tashabbus. Bizning haqiqatdan ham “ikki davlat bir millat” ekanligimizni ko’rsatuvchi juda muhim tashabbus”,-deb aytgan elchi Erkan O’zoral.

Eslatma: Turkiya va Ozarbayjon o’rtasida o’zaro viza rejimi bekor qilinishi to’g’risidagi qaror 25 iyulda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li tomonidan e’lon qilingandi.

 


Tanlangan kalimalar: #viza rejimi , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar