Turkiya bilan Rossiya o’zaro savdo hajmini 100 milliard AQSh dollariga yetkazishni rejalashtirmoqda

Prezident Erdo'g’an Rossiya poytaxti Moskvada Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan birgalikda MAKS-2019 Xalqaro aerokosmik ko'rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

1259376
Turkiya bilan Rossiya o’zaro savdo hajmini 100 milliard AQSh dollariga yetkazishni rejalashtirmoqda

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Turkiya bilan Rossiya o’rtasidagi savdo hajmining 25 milliard AQSh dollardan ortganligini, 100 milliard AQSh dollariga yetkazish niyatida ekanliklarini qayd etdi.

Prezident Erdo'g’an Rossiya poytaxti Moskvada Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan birgalikda MAKS-2019 Xalqaro aerokosmik ko'rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Unda so’zlagan nutqida MAKS-2019 ko'rgazmasini, o’z tarmog’ining yetakchi yarmarkalaridan biri deb baholaganliklarini eslatib o’tgan Prezident Erdo'g’an,

“Biz ham bu yil Xalqaro mudofaa sanoati yarmarkasining on to’rtinchisini uyushtirish niyatidamiz. 14-22 sentabr kunlari o’tkaziladigan TEKNOFEST tadbirida 1 milliondan ortiq kishining ishtirok etishini kutyapmiz. Hurmatli Putin bosh bo’lish bilan birga rus xalqini ham festivalga kutib qolamiz” dedi.

Mudofaa, aviatsiya va kosmik texnologiyalar bo’yicha rivojlangan davlatlardan biriga aylanganliklarini ta’kidlagan Erdo'g’an,

“2018-yilning oxiridan e’tiboran mudofaa va aviatsiya tarmog’ida jami eksport miqdori 2.5 milliard AQSh dollariga yetdi” deya gapirdi.

Turkiya va Rossiya o’rtasidagi samimiy va yaqin muloqatning tarixi judayam qadimga borib taqalgan va ko’p qirrali hamkorlikning mevasi ekanligini ifoda etgan Prezident Erdo'g’an,  

“Bu yil qariyb 6 million rus sayyohning yurtimizga kelishini kutib qolamiz. O’rtamizdagi savdo hajmi 25 milliard AQSh dollardan ortdi. Maqsadimi 100 milliard AQSh dollariga yetishdir” degan ifodalarga o’rin berdi.  



Aloqador xabarlar