Akar, Turkiya-AQSh o'rtasidagi kelishuvlar haqida berilgan savollarga javob berdi

Hulusiy Akar, Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining “TRT Haber” kanaliga bergan intervyusida kun tartbini masalasini baholadi.

1251746
Akar, Turkiya-AQSh o'rtasidagi kelishuvlar haqida berilgan savollarga javob berdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar Suriyaning shimolida tashkil etilishi rejalashtirilgan “Xavfsiz hudud” masalasida Amerika Qo’shma Shtatlari bilan bo’lgan kelishim asosida Qo'shma Operatsiya markazining eng qisqa vaqt ichida ochilishini ma’lum qildi.

Hulusiy Akar, Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining “TRT Haber” telekanaliga bergan intervyusida kun tartbini baholadi.  

Suriyaning shimolida tashkil etilishi rejalashtirilgan “Xavfsiz hudud” masalasida AQSh bilan bo’lgan kelishuvlarning asosi haqida berilgan savolga qarshi Milliy Mudofaa vaziri Akar mazkur masalani AQShning Suriya masalasi bo’yicha maxsus vakili James Jeffrey va Mudofaa vaziri Mark Esper bilan qo’lga olganliklarini, buning ortidan AQSh nomidan bir guruh harbiy hay’atning Turkiyaga tashrif buyurganlini va ular bilan 5-avgustdan 7-avgustgacha mazmunli uchrashuvlar o’tkazilib natijada muayyan qadamlar tashlanganligini belgilab o’tgan holda, vaziyatni “yaxshi boshlang’ich” deb baholadi.

Akar shuningdek,

“Bir-birimizga niyatimiz, tashvishlarimiz va talablarimizni yetkazdik. Bunga YPG terror tashkilotining xavfsiz hududdan chiqarilishi, og’ir qurollarning yig’ishtirilishi ham ilova etildi. Havo sohasining nazorat qilinishi va ma’lumot almashish masalalari muhimdir. Huddi shular haqida ham ma’lum nuqtagacha kelishib olindi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Yaqinda Qo'shma Operatsiya markazining qurilishining ham rejalashtirilayotganligini o’z so’ziga ilova etgan Milliy Mudofaa vaziri Akar, mazkur masala ustidan vaqtning belgilab olinganligi yoki belgilanmaganligi haqida berilgan savolga qarshi,

“Vaqt belgilab olindi. Chunki bundan avval, ba’zi masalalarda kechikmalar kuzatildi. Albatta takrorlanishini xohlamaymiz. Shuning uchun nima qilsak ham ma’lum reja asosida ishlashni to’g’ri deb topdik” dedi.   

“Xavfsiz hududning terangligi ustidan kelishib olindimi yoki yo’q” degan savolga qarshi Hulusiy Akar, har xil nuqtada 30-40 kilometrlik teranglik tashkil etishning shartligini yetkazganliklarini qayd etdi.

Bu masofaning AQSh Davlat rahbari Donald Trump tomonidan ham Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anga telefon orqali bo’lgan muloqati chog’ida ifoda etilganligini eslatib o’tgan Akar,

“Bu haqida yaqinda nimalardir qilish niyatidamiz. Havo sohasining nazorat qilinishi muhimdir. Qo'shma Operatsiya markazi tashkil etilganidan keyin ittifoqlik va strategik sheriklik ruhiga amal qilgan ravishda ilgarilashni va buni AQSh bilan birgalikda amalga oshirishni xohlaymiz. Rejalar biz xohlaganday yo’lga qo’yilmagudek bo’lsa unda o’zimiz amalga oshiradigan faoliyatlarimiz ham, amaliyotlarimiz ham bo’ladi” dedi.  

Rossiyadan olingan S-400 zenit raketalar haqidagi savolga qarshi Hulusiy Akar, birinchi flotning birinchi batareyasining topshirilganligini eslatib o’tar ekan,

Avgust va sentabr oyida ikkinchi batareyaning olib kelinishi mumkinligini qayd etdi.

“Bir tomondan ularni o’rnashtirish, ikkinchi tomondan esa mashg’ulot ishlari olib borilar ekan birinchi harakatlantirish ishlari shu yilning dekabr oyining oxirida, to’liq harakatlantirish ishlari esa 2020-yilning aprel oyida rejalashtirilmoqda” deya gapirdi.

Hulusiy Akar Patriot raketalari uchun o’rin tanlash, tashkilot va ularni o’rnatish faoliyatlari ustidan AQSh bilan olib borilgan uchrashuvlarning davom etganligini ma’lum qildi.

O’rta yer dengizida borgan sayin avj olgan muammoning va uning qanday hal qilinishi masalasi haqida berilgan savolga qarshi Hulusiy Akar,

“Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasidan boxabar qabul qilingan qarorlarning, nima bo’lishidan qat’iy nazar hech qanday hukmi yo’qdir. Bunga ruxsat bermasligimizni hammaning bilishi shart. Haq-huquqimizni paymol qilgan holda nimadir qilmoqchi bo’lganlarning muvaffaqiyatli bo’lishi ham imkonsiz. Buni hurmatli prezidentimiz bosh bo’lish bilan birga biz ham har doim ta’kidlab kelmoqdamiz, bundan keyin ham huddi shunday davom etadi. Buning uchun amalga oshirilishi kerak bo’lgan hamma faoliyatlar uchun Turkiya Respublikasi va TQKning har doim tayyor ekanligini hammaning bilishini xohlaymiz” deya gapirdi.  

Milliy Mudofaa vaziri shuningdek, muammolarning xalqaro huquga tog’ri kelmaydigan ravishda hal qilniishi va munosabatlarning yaxshi qo’shnichiliklar doirasida davom etishinnig ahamiyatiga ham to’xtalib o’tdi.

 



Aloqador xabarlar