Erdo'g’an: “Turkiya, Qrimning noqonuniy yo’llar orqali qo’shib olinishini tan olmadi, olmaydi ham”.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Prezident Erdo'g’anga Turkiyaning Qrim masalasidagi siyosati tufayli minnatdorchilik bildirdi.

1249826
Erdo'g’an: “Turkiya, Qrimning noqonuniy yo’llar orqali qo’shib olinishini tan olmadi, olmaydi ham”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Turkiyaning, Qrimning noqonuniy yo’llar orqali qo’shib olinishini tan olmasligini ma’lum qildi.

Prezident Erdo'g’an, Prezidentlik qarorgohida amaliy tashrif bilan kecha poytaxt Anqaraga tashrif buyurgan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Prezident Erdo'g’an mazkur anjumanda so’zlagan nutqida,

“Turkiya, Qrimning noqonuniy yo’llar orqali qo’shib olinishini tan olmadi, olmaydi ham” dedi.

Erdo'g’an,

“Qondoshlarimizning tarixiy ona vatani Qrimdagi o’rnining davom etishi va ular madaniyatining himoya qilinishi, eng asosiy haq-huquq va erkinliklarining xavfsizlik ostiga olinishi masalasi bizning ustivor vazifamizdir” degan ifodalarga o’rin berdi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Erdo’g’anga Turkiyaning Qrim masalasidagi siyosati tufayli minnatdorchilik bildirdi.

Zelenskiy o’z nutqida,

“Ukrainaning hududiy yaxlitligi masalasidagi o’zgarmas, doimiy munosabatingiz uchun (Turkiyaga) minnatdorchilik bildiraman” dedi.

Turkiyani yaxshi qo’shni, samimiy do’st  va eng muhim strategik sherik deb baholagan Zelenskiy, Turkiya bilan bo’lgan munosabatlariga alohida etibor berganliklarini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy shuningdek,

“Turk ishbilarmonlarini Ukrainaga taklif qilaman. Bemalol ish olib borishingiz uchun sizga sahxsim nomidan kafolat berishim mumkin” deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar